“Mehr kutubxonasi” loyihasi doirasida Begmatova Tozagul aya xonadoniga navbatdagi kitobxonlik tashrifi amalga oshirildi.
Joriy yilning 26-noyabr kuni Do‘stlik tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Mehr kutubxonasi” loyihasi doirasida Begmatova Tozagul aya xonadoniga navbatdagi kitobxonlik tashrifi amalga oshirildi.
🔖Tashrif davomida Tozagul aya kutubxona xodimlari tomonidan taqdim etilgan turli janrdagi badiiy va ma’rifiy adabiyotlar bilan yaqindan tanishdi hamda mutolaa qilish uchun o‘ziga manzur bo‘lgan kitoblarni tanlab oldi.
Mazkur loyiha orqali kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish, kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishni oshirish, shuningdek, kutubxona xizmatlarini aholining xonadonlarigacha yetkazish maqsad qilingan.
