"Mehr kutubxonasi" loyihasi doirasida Alisher Navoiy MFYda istiqomat qiluvchi Xujamatova Buvizilol onaga sayyor kutubxona xizmati koʻrsatildi.
Joriy yilning 7-iyul sanasida Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Mehr kutubxonasi" loyihasi doirasida Alisher Navoiy MFYda istiqomat qiluvchi Xujamatova Buvizilol onaga sayyor kutubxona xizmati koʻrsatildi.
Tashrif davomida kutubxona fondidagi eng sara badiiy adabiyotlar tavsiya etilib, ular haqida qisqacha maʼlumot berildi. Buvizilol ona mutolaa qilish uchun Rashid Nuri Guntekinning "Yashil kecha" hamda Ulugʻbek Hamdamning "Sabo va Samandar" asarlarini tanlab oldilar.
"Mehr kutubxonasi" loyihasi aholining kitob mutolaasiga boʻlgan qiziqishini oshirish, kitobni har bir xonadonga yetkazish hamda nuroniylarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishga xizmat qilmoqda.
