"Mehr kutubxonasi" loyihasi doirasida Alisher Navoiy MFYda istiqomat qiluvchi II guruh nogironi Xusanov Amirbek holidan xabar olinib, unga kutubxona xizmati ko‘rsatildi.
Joriy yilning 21-iyul sanasida Doʻstlik tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Mehr kutubxonasi" loyihasi doirasida Alisher Navoiy MFYda istiqomat qiluvchi II guruh nogironi Xusanov Amirbek holidan xabar olinib, unga kutubxona xizmati ko‘rsatildi.
Tashrif davomida Amirbekka kutubxona fondiga yangi kelgan badiiy adabiyotlar taqdim etildi. U yozgi ta'tilni mazmunli o'tkazish maqsadida mustaqil mutolaa qilish uchun sarguzasht janridagi kitoblarni tanladi. Jumladan, Agata Kristi asarlari hamda Abdulla Qodiriyning "Jinlar bazmi" kitobini o‘qish uchun oldi.
📌Mazkur loyiha kitobxonlar, ayniqsa imkoniyati cheklangan fuqarolarning mutolaa madaniyatini oshirish, ularni kitob bilan yanada yaqinlashtirish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga xizmat qiladi.
