“Maroqli ta’til kutubxonada” nomli sayohat tashkil etildi.
Joriy yilning 2-iyun sanasida Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan kutubxonaga tashrif buyurgan yangi kitobxonlarning talab va istaklari asosida “Maroqli ta’til kutubxonada” nomli sayohat tashkil etildi.
Sayohat davomida ishtirokchilarga kutubxonaning bo‘limlari, mavjud adabiyotlar fondi hamda kitobxonlar uchun yaratilgan qulay sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, kitobxonlar yangi adabiyotlar bilan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Tadbirning asosiy maqsadi yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularda kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda kutubxonaga yangi kitobxonlarni jalb etishdan iborat bo‘ldi.

