Markaz xodimlari ishtirokida navbatdagi siyosiy-ma’rifat soati tashkil etildi.
Joriy yilning 18-sentyabr kuni Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazida markaz xodimlari ishtirokida navbatdagi siyosiy-ma’rifat soati tashkil etildi.
💬 Bunda mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy islohotlar, davlat siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishlari hamda dolzarb voqea va yangiliklar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
📱 Shuningdek, xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish, siyosiy bilimlarini boyitish va jamiyatdagi jarayonlarga nisbatan ongli munosabatini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🗣 Siyosiy-ma’rifat soati xodimlarning bilim va dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qildi.


