Mahalla yettiligi ishtirokida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.
Joriy yilning 7-oktyabr kuni Do‘stlik tuman Axborot-kutubxona markazida mahalla yettiligi ishtirokida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.
🗞Tadbirning asosiy maqsadi mahalla faollari o‘rtasida do‘stona muhitni shakllantirish, ularning bilim va dunyoqarashini yanada kengaytirish, mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish hamda kitobxonlik va intellektual o‘yinlarga bo‘lgan qiziqishni oshirishdan iborat bo‘ldi.
📖Qiziqarli va murosasiz kechgan bellashuv davomida ishtirokchilarga tarix, adabiyot, madaniyat, fan hamda umumiy bilimlarga oid turli mantiqiy savollar berildi. Jamoalar o‘z bilim va zukkoliklarini namoyon etib, faol ishtirok etdilar.
Yakunda Alisher Navoiy MFY jamoasi yuqori natija qayd etib, bellashuv g‘olibi bo‘ldi.



