“Ma’rifat va millat fidoyilari” mavzusida kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Joriy yilning 3-sentyabr kuni Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Ma’rifat va millat fidoyilari” mavzusida kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
🔴 Ko‘rgazmadan xalqimizning ma’rifati, milliy tafakkuri va ozodligi yo‘lida fidokorona xizmat qilgan jadid ma’rifatparvarlari hamda qatag‘on qurbonlarining hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan tarixiy, ilmiy va badiiy adabiyotlar o‘rin oldi.
✅ Ko‘rgazmaning asosiy maqsadi — yosh avlodni ajdodlarimizning boy ma’naviy merosi bilan yaqindan tanishtirish;
✅Jadid ma’rifatparvarlari va qatag‘on qurbonlarining Vatan va millat ravnaqi yo‘lidagi fidoyiligini keng targ‘ib qilish;
✅ Yoshlar qalbida tarixiy xotira va milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini shakllantirish;
✅ Shuningdek, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishni oshirishdan iborat.

