"Ma'rifat va kitobxonlik OITS ga qarshi kurashishning kuchli quroli " nomli badiiy musiqiy tanlov tashkil etildi.
Joriy yilning 1- dekabr sanasida Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi hamda Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi bilan hamkorlikda "Ma'rifat va kitobxonlik OITS ga qarshi kurashishning kuchli quroli " nomli badiiy musiqiy tanlov tashkil etildi.Tadbirni ochib berish uchun so'z yoshlar bilan ishlash bo'yicha direktor o'rinbosari Sh.Saitqosimovga berildi va 201 va 204-guruh qizlari 5 ta start bo'yicha bellashdilar. Bugungi tadbirni kitobxonlikga bog'lashdan maqsad ilm-ma'rifat va kitobxonlikning sog'lom hayotni shakllantirishdagi o'rnini yana bir bor yoritishdir. OITS haqida ilmiy va adabiy manbalar keltirilgan ma'lumotlar shuni ko'rsatadiki kasalikning oldini olishning eng samarali yo'li bu xabardorlik, to'g'ri bilim va ehtiyot choralariga rioya qilishdir .Kitoblar esa bizga aynan shu zarur ma'lumotlarni yetkazadi, tibbiy qo'llanmalar , sog'lom turmush tarziga bag'ishlangan adabiyotlar , shuningdek hayotiy hikoyalar OITS ning oqibatlari va undan himoyalanishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi tadbir orqali sog'lom hayot ma'suliyatli qarash, doimiy ma'rifatga intilish g'oyalarini keng targ'ib qilindi .Tadbirda faol ishtiroki uchun ikkala jamoa ham taqdirlandi. Tadbirni tashkil etishda yaqindan yordam qilgan Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi ma'muriyati va kutubxona mudirasi Umurzoqova Inobat opaga Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi o'z minadorchiligini bildiradi.

\
