“Ma’rifat ulaşib” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir taşkil etildi.
Joriy yilning 27-oktabr kuni Döstlik tuman hokimligi hamda Axborot-kutubxona markazi hamkorligida Navröz MFYda “Ma’rifat ulaşib” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir taşkil etildi.
Tadbir davomida faol kitobxonlar iştirokida Iqbol Mirzoning “Bonu” romani va Tohir Malikning “Marhum uchun yopilgan non” asarlari keng yoritib berildi. Asarlarda ilgari surilgan ğoyalar, insoniy munosabatlar, mehr-oqibat, vijdon, ma’naviy qadriyatlar hamda hayotiy saboqlar haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
Uçraşuvning asosiy maqsadi aholi, ayniqsa, yoşlar örtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltiriş, badiiy adabiyotga qiziqişni oşiriş va ezgu insoniy fazilatlarni targ‘ib etişdan iborat bo‘ldi.
Tadbir samimiy ruhda o‘tib, ishtirokçilarda katta taassurot qoldirdi. Bunday uçraşuvlar mutolaa madaniyatini rivojlantiriş va yoş avlodni ma’naviy barkamol etib tarbiyalaşda muhim ahamiyat kasb etadi.


