"Ma'rifat maskaniga sayohat" nomli ma'rifiy ekskursiya tashkil etildi.
Joriy yilning 11-iun sanasida Mevazor MFYning faol aholisi va yoshlari ishtirokida Doʻstlik tuman Axborot-kutubxona markaziga "Ma'rifat maskaniga sayohat" nomli ma'rifiy ekskursiya tashkil etildi.
✨Tadbir davomida ishtirokchilar kutubxonaning boy kitob fondi, zamonaviy xizmatlari hamda kitobxonlar uchun yaratilgan qulay sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Sayohat qatnashchilarida mutolaa madaniyatini yuksaltirish, kitobga bo‘lgan qiziqishni oshirish va ma'naviy-ma'rifiy bilimlarini boyitishga xizmat qildi.
📚Kitob insonni ezgulikka, tafakkur va taraqqiyot sari yetaklaydi. Shu bois bunday ma'rifiy tadbirlar yoshlarning intellektual salohiyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.


