Kutubxonamizda muhim ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
2026-yil 8-fevral sanasida kutubxonamizda muhim ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ushbu uchrashuvda Jizzax viloyat Yozuvchilar uyushmasi raisasi Mehribon Abdurahmonova hamda Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazi direktori Bekzod Karimov ishtirok etdi.
📚Mehmon ishtirokida yosh kitobxonlar bilan davra suhbati tashkil etilib, unda kitob mutolaasining ahamiyati, badiiy adabiyotning yoshlar tarbiyasidagi o‘rni hamda ijodiy faoliyat haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
📖Tadbir yakunida mehmon tomonidan kutubxona fondiga Jizzax adiblari kitoblari sovg‘a qilindi. Mazkur uchrashuv yosh kitobxonlar uchun katta ruhiy-ma’naviy rag‘bat bo‘lib, ularning kitobga bo‘lgan mehrini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.


