Kutubxonaga tashrif buyurgan turli yoshdagi kitobxonlar ishtirokida qiziqarli sayohat tashkil etildi.
Joriy yilning 11-mart sanasida Do‘stlik tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan kutubxonaga tashrif buyurgan turli yoshdagi kitobxonlar ishtirokida qiziqarli sayohat tashkil etildi. Sayohat davomida ishtirokchilarga kutubxona faoliyati, kitob fondi hamda kitobxonlar uchun yaratilgan sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, kitobxonlar o‘lkashunoslikka oid gazetalar, kitoblar va kutubxonadagi turli bo‘limlar bilan yaqindan tanishtirildi. Sayohat davomida yosh kitobxonlar katta qiziqish bilan ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Bunday ma’rifiy tadbirlar kitobxonlarda kitobga bo‘lgan qiziqishni oshirish, ularning bilim doirasini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.



