“Kutubxonaga kitob sovg‘a qilaman” aksiyasi doirasida Xalqaro oila kuni munosabati bilan Germany Academy o‘quv markazi o‘qituvchisi Abduvoxidov Shuxrat tomonidan kutubxona fondiga kitoblar sovg‘a qilindi.
Joriy yilning 15-may sanasida Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazida “Kutubxonaga kitob sovg‘a qilaman” aksiyasi doirasida Xalqaro oila kuni munosabati bilan Germany Academy o‘quv markazi o‘qituvchisi Abduvoxidov Shuxrat tomonidan kutubxona fondiga kitoblar sovg‘a qilindi.
✨Mazkur tashabbus kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, yoshlar o‘rtasida mutolaa targ‘ibotini kuchaytirish hamda oilaviy qadriyatlarni mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Sovg‘a qilingan adabiyotlar kutubxona fondini boyitib, kitobxonlar uchun munosib ma’naviy manba bo‘lib xizmat qiladi.
🏛Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazi jamoasi tomonidan Abduvoxidov Shuxratga ushbu ezgu tashabbusi uchun samimiy minnatdorlik bildirildi.
