“Kutubxonaga kitob sovg‘a qilaman” aksiyasi doirasida “Qaqnus” o‘quv markazi rahbariyati va xodimlari tomonidan kutubxona fondini boyitish maqsadida kitoblar hadya qilindi.
Joriy yilning 10-iyun sanasida Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazida “Kutubxonaga kitob sovg‘a qilaman” aksiyasi doirasida “Qaqnus” o‘quv markazi rahbariyati va xodimlari tomonidan kutubxona fondini boyitish maqsadida kitoblar hadya qilindi.
📚 Kitob — ma’naviyat va bilim manbai. Ushbu ezgu tashabbus kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, kutubxona fondini yanada boyitish hamda yoshlar orasida kitobga mehr va mutolaa madaniyatini keng targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
🏛 Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazi jamoasi “Qaqnus” o‘quv markazi rahbariyati va xodimlariga samimiy minnatdorchilik bildirib, ularning kelgusi faoliyatiga ulkan muvaffaqiyatlar, rivoj va yuksak natijalar tilaydi.

