“Kutubxonaga kitob sovg‘a qilaman” aksiyasi doirasida 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchisi Mamasoliyeva Zebiniso kutubxonaga badiiy adabiyotlarni sovg‘a qildi.
Joriy yilning 15-may sanasida Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazida “Kutubxonaga kitob sovg‘a qilaman” aksiyasi doirasida 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchisi Mamasoliyeva Zebiniso kutubxonaga badiiy adabiyotlarni sovg‘a qildi.
📚Mazkur aksiya kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, yosh avlodning kitobga bo‘lgan mehrini oshirish hamda kutubxona fondini boyitishga xizmat qilmoqda.
✨Kutubxona jamoasi tomonidan Mamasoliyeva Zebinisoga ushbu ezgu tashabbusi uchun samimiy minnatdorchilik bildirildi hamda barcha yoshlarni kitobxonlikni targ‘ib etishga chorlab qolindi.
