“Kutubxona — ziyo maskani” nomli davra suhbati tashkil etildi.
Joriy yilning 17-avgust kuni faol kitobxonlar hamda Kitobxonlar klubi a’zolari ishtirokida “Kutubxona — ziyo maskani” nomli davra suhbati tashkil etildi.
Tadbir davomida kutubxonaning inson ma’naviyati va dunyoqarashini yuksaltirishdagi o‘rni, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish hamda yoshlar orasida mutolaa targ‘ibotini kuchaytirish masalalari haqida fikr almashildi.
Davra suhbatida o‘zbek xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimov qalamiga mansub “Dunyoning ishlari” qissasi keng tarzda yoritib berildi. Asarda insoniy tuyg‘ular, mehr-oqibat, ona siymosi, oilaviy qadriyatlar, farzandlik burchi va hayotning turli sinovlari ta’sirchan tarzda tasvirlangani ta’kidlandi.
Ishtirokchilar asardagi qahramonlar xarakteri, yozuvchining hayotiy voqealarni yuksak mahorat bilan tasvirlagani hamda asarning bugungi kun kitobxonlari uchun tarbiyaviy ahamiyati haqida o‘z fikrlarini bildirdilar. Ayniqsa, ona mehrining beqiyosligi va inson hayotida ezgulikning o‘rni haqida qiziqarli mulohazalar yuritildi Davra suhbati davomida o’quvchilarga badiiy asarlarni muntazam mutolaa qilish, kitobxonlikni hayot tarziga aylantirish hamda tengdoshlar o‘rtasida kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish zarurligini ta’kidladilar. Ushbu davra suhbatida 20 nafar kitobxon o’quvchilar ishtirok etishdi.


