Kutubxona xodimlari tomonidan tayyorlangan Pirimqul Qodirovning “Najot” asari asosida ishlangan videorolik namoyish etildi.
Joriy yilning 15-iyun sanasida Yoshlar oyligi doirasida yoshlarning yozgi ta’tilini mazmunli va maroqli o‘tkazish hamda ularda kitobxonlik madaniyatini yanada yuksaltirish maqsadida kutubxona xodimlari tomonidan tayyorlangan Pirimqul Qodirovning “Najot” asari asosida ishlangan videorolik namoyish etildi.
📚Videorolik orqali yoshlar asarning mazmun-mohiyati, undagi yuksak insoniy fazilatlar va ma’naviy qadriyatlar bilan yaqindan tanishdilar.📚 Bunday targ‘ibot tadbirlari yoshlarning mutolaa madaniyatini rivojlantirish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga xizmat qiladi.


