"Kutubxona va kitoblar bilan bir kun" nomli davra suhbati tashkil etildi.
Joriy yilning 20-iyun sanasida Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan tadbirkor ayollar va aholi ishtirokida "Kutubxona va kitoblar bilan bir kun" nomli davra suhbati tashkil etildi. Dastlab suhbat davomida ishtirokchilarga O‘lmas Umarbekovning hayoti va ijodi tanishtirilib, uning "Odam bo‘lish qiyin" kitobi mazmun mohiyati haqida sharh berib oʻtildi. Soʻng kutubxonada yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud adabiyotlar haqida ham maʼlumotlar berib oʻtildi.