Kutubxona ish jarayonini yanada takomillashtirish maqsadida amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatildi.
Joriy yilning 5-oktyabr kuni Do'stlik tuman axborot-kutubxon markazi xodimlar tomonidan Do'stlik tumani Bunyodkor M.F.Y. dagi 19-maktab kutubxonasining faoliyati o‘rganilib, kutubxonachisiga mavjud hujjatlarning yuritilishi va kutubxona ish jarayonini yanada takomillashtirish maqsadida amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatildi.
📝Amaliy yordam davomida kitoblarning kitobxonlarga berilishi, kitobxon kundaligi, kitobxon formulyarlari, jamlanma hisobga olish va inventar kitoblarining mavjudligi hamda yuritilish holati ko‘rib chiqildi. Kutubxona fondidagi adabiyotlarni hisobga olish, saqlash va ularga tegishli tartibda ishlov berish bo‘yicha tavsiyalar berildi.


