"Kutubxona gurungi" loyihasi doirasida AKM xodimlari va kitobxonlar ishtirokida navbatdagi gurung tashkil qilindi.
Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazida "Kutubxona gurungi" loyihasi doirasida AKM xodimlari va kitobxonlar ishtirokida navbatdagi gurung tashkil qilindi. Bugungi gurungda nuroniy kitobxonimiz Soyim Yusupov Viktor Suminning "Soʻnggi va birinchi subhidam" kitobini sharhlab, asar mazmun mohiyati haqida oʻzining taassurotlarini boʻlishdi. Gurung soʻngida bu kitob haqida barcha xodimlar oʻz fikr mulohazalari bildirib oʻtishdi. Kitob keng kitobxon ommasi mo'ljallanganligi, shuningdek hayotiy haqiqatlariga asoslanganligi tushuntirib berildi.