Kutubxona faoliyati yuzasidan so‘rovnoma o‘tkazildi.
Joriy yilning 9-sentyabr sanasida Do‘stlik tumani axborot kutubxona markazi xodimlari tomonidan
15-maktab o‘quvchilari ishtirokida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, o‘quvchilarning kutubxonaga bo‘lgan qiziqishi va munosabatini o‘rganish maqsadida kutubxona faoliyati yuzasidan so‘rovnoma o‘tkazildi.
So‘rovnoma davomida o‘quvchilarga kutubxonaga qanchalik tez-tez tashrif buyurishlari, qanday janrdagi kitoblarni o‘qishni yoqtirishlari, eng sevimli adiblari va asarlari, kutubxonadan foydalanish jarayonida qanday qulayliklarga ehtiyoj sezishlari haqida savollar berildi.
Mazkur so‘rovnoma o‘quvchilarning kutubxonaga bo‘lgan munosabatini o‘rganish hamda kelgusida ular uchun yanada qiziqarli va foydali kitobxonlik tadbirlarini tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etdi.
