Kutubxona bo‘ylab sayohat va kitob sharhi tashkil etildi.
Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazida Do‘stlik tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir doirasida kutubxona bo‘ylab sayohat va kitob sharhi tashkil etildi.
Sayohat davomida mehmonlarga Axborot-kutubxona markazining bo‘limlari, xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlari, kitob fondi hamda elektron axborot resurslaridan foydalanish imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi.
Tadbir davomida kitobxonlikni targ‘ib qilish, bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish va kitob mutolaasiga qiziqishni oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir ishtirokchilarda kitobga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish, ma’naviy-ma’rifiy bilimlarni boyitish hamda kutubxona xizmatlaridan samarali foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qildi.


