"Konstitutsiya-yurtimizning qomusi'' nomli tadbir tashkil qilindi.
Har bir davlatning taraqqiyotida mustahkam huquqiy asos bo'lishi shart. Bizning O'zbekistonimiz ham 1992-yil 8-dekabr kuni o'zining eng muhim hujjati-bosh qomusini qabul qilgan. Shu munosabat bilan Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan ko'chma kutubxona doirasida Ixtisoslashtirilgan maktab o'quvchilari ishtirokida Konstitutsiya qabul qilinganligini 33 yilligiga bag'ishlab "Konstitutsiya-yurtimizning qomusi'' nomli tadbir tashkil qilindi. Tadbirdan maqsad o'sib kelayotgan yosh avlodga Konstitutsiyaning yaratilish tarixi, komissiya tarkibi, qabul qilingan jarayon va undagi asosiy g'oyalarni, davlatimiz ramzlariga hurmatda bo'lish, davlat ramzlarini o'rganishdir. Tadbir davomida yoshlar Konstitutsiyaga bag'ishlab sahna ko'rinishi namoyish etdilar. Bir bir-birdan ajoyib she'rlar, Davlat Konstitutsiyasidan moddalar aytib o'zaro fikr mulohazalar almashdilar . Tadbir juda ham qiziqarli bo'ldi. Tadbirda 18 ta kitobxon o'quvchilar qatnashdi.



