"Konstitutsiya- G'ururimsan Qomusim'' nomli tadbir tashkil qilindi.
O'zbekiston Respublikasining davlat Konstitutsiyasini qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan joriy yilning 4-dekabr sanasida Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari va 1-umumiy oʻrta taʼlim maktabining 8-sinf oʻquvchilari ishtirokida "Konstitutsiya- G'ururimsan Qomusim'' nomli tadbir tashkil qilindi. Tadbir davomida Konstitutsiyaning yaratilish tarixi, komissiya tarkibi, qabul qilingan jarayon va undagi asosiy g'oyalar haqida ma'lumotlar berildi. Tadbir davomida "Huquqlarga sayohat" nomli sahna ko'rinishi tashkil qilindi. Sahna ko'rinishida o'quvchilar o'zlarini huquq va burchlarini o'rganib oldilar. So'ngra yoshlar "Biz bilgan moddalar" nomi ostida o'zlarining bilgan moddalarini aytib berdilar va bir-birilariga ham o'rgatdilar. Tadbir juda ham qiziqarli suhbatlar bilan yakunlandi. Tadbirda 30 nafar kitobxon o'quvchilar qatnashdilar.



