Ko‘chma kutubxona tashkil etish bo‘yicha hamkorlik shartnomasi imzolandi.
Do‘stlik tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 20-umumiy o‘rta ta’lim maktabi bilan o‘quvchilar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida ko‘chma kutubxona tashkil etish bo‘yicha hamkorlik shartnomasi imzolandi.
💬Hamkorlik doirasida maktab o‘quvchilariga Axborot-kutubxona markazi fondidagi turli janr va mavzularga oid badiiy, ilmiy-ommabop hamda bolalar adabiyotlari taqdim etildi.
🗣Mazkur tashabbus orqali o‘quvchilarning kitobga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, mutolaa ko‘nikmalarini rivojlantirish va ularni muntazam kitob o‘qishga jalb etish ko‘zda tutilgan.


