Ko‘chma kutubxona fondi yangilanib, kitoblar almashtirildi.
Joriy yilning 21-sentabr kuni Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan kitobxonlarning badiiy, ilmiy-ommabop hamda ma’naviy-ma’rifiy adabiyotlarga bo‘lgan ehtiyojini yanada qondirish maqsadida Do‘stlik tuman ixtisoslashtirilgan maktabidagi ko‘chma kutubxona fondi yangilanib, kitoblar almashtirildi. Shuningdek, kitobxonlarning qatnov formulyarlarini yuritish nazoratga olindi.
🗣Ko‘chma kutubxonadagi avvalgi adabiyotlar o‘rniga yangi, mazmunan boy va qiziqarli kitoblar joylashtirildi. Mazkur adabiyotlar kitobxonlarning qiziqishlari, ehtiyojlari hamda yosh toifalaridan kelib chiqib tanlandi.

