“Kitobxonlik oiladan boshlanadi” mavzusida kitoblar ko‘rgazmasini tashkil etdi.
Joriy yilning 14-oktyabr sanasida Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazi tuman Hokimligi bilan hamkorlikda aholi va yosh kitobxonlar uchun “Kitobxonlik oiladan boshlanadi” mavzusida kitoblar ko‘rgazmasini tashkil etdi.
Ko‘rgazmadan oilaviy mutolaa madaniyatini rivojlantirish, yosh avlod qalbida kitobga mehr uyg‘otish hamda ota-onalarni farzandlari bilan birgalikda kitob o‘qishga undashga qaratilgan turli janrdagi badiiy va ma’rifiy adabiyotlar o‘rin oldi.
📕Mazkur ko‘rgazma orqali oilada kitobxonlik muhitini shakllantirish, farzandlarning ma’naviy dunyosini boyitish va ularning kitobga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish muhim ahamiyatga ega ekanligi targ‘ib qilindi.


