“Kitobxonlik oiladan boshlanadi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Joriy yilning 17-aprel sanasida Do‘stlik tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Kitobxonlik haftaligi” doirasida “Kitobxonlik oiladan boshlanadi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Mazkur tadbirda oila muhitining bola tarbiyasidagi o‘rni, ayniqsa, onaning farzand qalbida kitobga bo‘lgan mehrni shakllantirishdagi beqiyos ahamiyati alohida ta’kidlab o‘tildi. Zero, har bir bolaning ilk tarbiyasi, ma’naviy kamoloti va kitobga bo‘lgan qiziqishi aynan oiladan, xususan, onadan boshlanadi. Ona — bolaning ilk ustozidir. Agar ona kitobxon bo‘lsa, farzand ham kitobga mehr qo‘yib ulg‘ayadi.
Shuningdek, tadbir davomida kitobning inson hayotidagi o‘rni haqida ham so‘z yuritildi. Kitob — insonning eng yaqin do‘sti, sodiq hamrohi va dono ustozidir. Kitob mutolaa qilgan bolaning tafakkuri keng, nutqi ravon bo‘lib, kelajagi porloq bo‘lishi alohida qayd etildi.
Davra suhbati jarayonida Odil Yoqubov qalamiga mansub “Onaizor” asari keng tahlil qilinib, undagi mazmun-mohiyat, onaga bo‘lgan hurmat, mehr-oqibat va insoniylik g‘oyalari atroflicha yoritib berildi. Ishtirokchilar o‘rtasida asar yuzasidan qiziqarli savol-javoblar, bahs-munozaralar tashkil etilib, fikr almashildi.
Mazkur davra suhbati ishtirokchilarda katta taassurot qoldirib, kitobxonlik madaniyatini yanada yuksaltirish, oilada mutolaa muhitini shakllantirishga xizmat qildi.



