“Kitobxonlik kuni” munosabati bilan intellektual viktorina o‘tkazildi.
“Kitobxonlik kuni” munosabati bilan intellektual viktorina o‘tkazildi.
“Dolzarb 90 kun” tadbirlari va “Yoshlar oyligi” doirasida, 2025-yil 4-iyun kuni Alisher Navoiy mahallasi yoshlar yetakchisi hamda Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazi hamkorligida “Nima? Qachon? Qayerda?” nomli intellektual online viktorina tashkil etildi.
Tadbir Alisher Navoiy mahallasi guruhida onlayn tarzda o‘tkazildi va yoshlar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi. Viktorina davomida ishtirokchilarga turli qiziqarli savollar taqdim etildi. Savol-javoblar jarayoni yuqori kayfiyatda, ko‘tarinki ruhda o‘tdi.
Eng ko‘p savollarga to‘g‘ri javob bergan ishtirokchi diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar Alisher Navoiy mahallasida muntazam davom ettirilmoqda. Ular yoshlarning bilim va intellektual salohiyatini oshirishga xizmat qilmoqda.