"Kitobxonlar klubi" aʼzolari ishtirokida "Kim? Nima? Qachon?" nomli intellektual viktorina tashkil etildi.
Joriy yilning 23-iyul kuni Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Chinobod mahalla fuqarolar yigʻinida istiqomat qiluvchi faol kitobxonlar hamda "Kitobxonlar klubi" aʼzolari ishtirokida "Kim? Nima? Qachon?" nomli intellektual viktorina tashkil etildi.
Viktorina davomida ishtirokchilar turli mavzulardagi qiziqarli savollarga javob berib, o‘z bilimlari, mantiqiy fikrlashi va tezkorlik qobiliyatlarini sinovdan o‘tkazdilar. Tadbir kitobxonlarning bilim saviyasini oshirish, mutolaa madaniyatini rivojlantirish hamda yoshlar o‘rtasida intellektual muhitni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
Shuningdek, shu kuni o‘tkazilgan "Kim? Nima? Qachon?" nomli onlayn viktorinada Elbek Nizamov o‘zining yuqori bilim darajasi, topqirligi va tezkorligi bilan barcha ishtirokchilar orasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Tadbir yakunida faol ishtirok etgan kitobxonlar eʼtirof etilib, gʻolib tabriklandi hamda barcha ishtirokchilarga kelgusidagi tanlov va intellektual viktorinalarda ulkan muvaffaqiyatlar tilandi.

