Kitobxonlar klubi a’zolari ishtirokida “Bilimlar xazinasi” nomli kvest jamoaviy o‘yini tashkil etildi.
Joriy yilning 2-iyun sanasida Do‘stlik tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Kitobxonlar klubi a’zolari ishtirokida “Bilimlar xazinasi” nomli kvest jamoaviy o‘yini tashkil etildi.
📌Inson hayotida kitobning o‘rni beqiyosdir. Kitob — bilim manbai, tafakkur oynasi va ma’naviyat chashmasidir. O‘sib kelayotgan yosh avlodni kitobxonlikka qiziqtirish hamda ularning bilim va dunyoqarashini kengaytirish maqsadida tashkil etilgan ushbu “Bilimlar xazinasi” kvest o‘yinida o‘quvchilar har bir bekatga o‘tish uchun bir-biridan qiziqarli va mantiqiy shartlarni bajarib bordilar.
✨O‘yin davomida ishtirokchilar o‘z bilim va zakovatlarini namoyon etish bilan birga, ko‘plab yangi ma’lumotlarga ega bo‘ldilar hamda o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob topdilar.

