Kitobxonlar ishtirokida kutubxona boʻylab sayohat tashkil etildi.
Joriy yilning 14-may sanasida Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markaziga tashrif buyurgan kitobxonlar ishtirokida kutubxona boʻylab sayohat tashkil etildi. Sayohat davomida kitobxonlarga kutubxonaning boʻlimlari, mavjud imkoniyatlari hamda kitob fondi haqida batafsil maʼlumotlar berildi.
💎Shuningdek, yangi kelgan adabiyotlar, elektron oʻquv zali va kitobxonlar uchun yaratilgan qulay sharoitlar tanishtirildi. Tadbir davomida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
📌Mazkur sayohat kitobxonlarda kitob mutolaasiga boʻlgan qiziqishni yanada oshirish, ularni kutubxonaga keng jalb etish hamda boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga xizmat qildi.


