Kitobxon ona va bolalar uchun kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Joriy yilning 10-sentyabr sanasida Do‘stlik tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan tuman 3-sonli BMSM bilan hamkorlikda kitobxon ona va bolalar uchun kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
🔴Ko‘rgazmadan asosiy maqsad ona va bolalar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, yosh avlodning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda oilaviy mutolaa madaniyatini shakllantirishdan iborat bo‘ldi.
✅Ko‘rgazmada bolalar uchun qiziqarli ertak va hikoyalar, badiiy adabiyotlar, ensiklopediyalar hamda onalar uchun ma’rifiy va tarbiyaviy mazmundagi kitoblar namoyish etildi.
