“Kitobxon ona — millat poydevori” nomli davra suhbati tashkil etildi.
ONA — bir qoʻli bilan beshikni, bir qoʻli bilan esa dunyoni tebratuvchi buyuk zotdir. Ilmli va maʼrifatli onadan, albatta, ziyoli va tarbiyali farzandlar voyaga yetadi. Zero, farzand tarbiyasi, kelajak avlodni komil inson etib voyaga yetkazish onalarning dunyoqarashi, bilim va maʼnaviy saviyasiga chambarchas bogʻliqdir.
Shu munosabat bilan bugun, 22-may sanasida kitobxon onalar ishtirokida “Kitobxon ona — millat poydevori” nomli davra suhbati tashkil etildi. Tadbir davomida Oʻlmas Umarbekovning “Urush farzandi” asari mazmun-mohiyati atroflicha yoritib berildi.
Shuningdek, tadbir davomida savol-javoblar hamda viktorina oʻyinlari tashkil etilib, ishtirokchilar uchun juda qiziqarli va mazmunli oʻtdi.
