"Kitobxon bola-zukko bola" nomli tadbir tashkil etildi.
Joriy yilning 4-dekabr sanasida Doʼstlik tuman axborot-kutubxona markazida kutubxonaga kelgan faol kitobxon yoshlar bilan birgalikda "Kitobxon bola-zukko bola" nomli tadbir tashkil etildi. Tadbirda kitobxonlarga qiziqarli savollar berildi. Oʻquvchilar topqirlik bilan savollarga javob berdilar.Shuningdek qiziqarli o'yinlar ham oʻtkazildi. Bahs munozaraga boy boʻlgan tadbir soʻngida faol ishtirok etgan kitobxonlarga sovgʻalar berildi.




