“Kitobsevar yoshlar — kelajak bunyodkorlari” nomli ma’rifiy sayohat tashkil etildi.
Joriy yilning 23-sentyabr kuni Do‘stlik tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 14-umumiy o‘rta ta’lim maktabining kitobxon o‘quvchilari ishtirokida “Kitobsevar yoshlar — kelajak bunyodkorlari” nomli ma’rifiy sayohat tashkil etildi.
🗣Sayohat davomida o‘quvchilarga Axborot-kutubxona markazining faoliyati, kitobxonlikni rivojlantirishga qaratilgan loyihalar hamda yangi adabiyotlar haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, faol kitobxonlarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar o‘rtasida kitob mutolaasini keng targ‘ib etish va kitobxonlik madaniyatini shakllantirishga qaratilgan loyihalar tanishtirildi.
Bunda o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar hamda kitoblar olamiga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirdilar.
💬Bunday ma’rifiy sayohatlar yosh avlodni kitobga mehr qo‘yishga, bilim olishga va bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga xizmat qiladi.



