"Kitoblardan taralar nur" deb nomlangan sayohat tashkil qilindi.
Joriy yilning 13-iyun sanasida Do'stlik tuman axborot-kutubxona markaziga 13-umumiy o'rta ta'lim maktabining 3-sinf o'quvchilari ishtirokida "Kitoblardan taralar nur" deb nomlangan sayohat tashkil qilindi. Sayohat davomida oʻquvchilarga markaz xodimlari tomonidan Kutubxona va kitoblardan foydalanish qoidalari, mavjud adabiyotlar, har bir xizmat boʻlimining ish faoliyati haqida yaqindan tanishtirildi hamda oʻqish uchun kitoblar tavsiya etildi.