"Kitoblardan taralar ilm ziyosi'' nomli davra suhbati tashkil qilindi.
Joriy yilning 5-dekabr sanasida Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan kitobxonlikni keng targ'ib qilish maqsadida 2-umumiy oʻrta ta'lim maktabining kitobxon o'quvchilari va kitobxonlar klubi a'zolari ishtirokida "Kitoblardan taralar ilm ziyosi'' nomli davra suhbati tashkil qilindi. Davra suhbati davomida oʻquvchilarga yangi va zamonaviy kutubxona haqida ma'lumotlar berildi hamda Mixail Bulgakovning "Ityurak'' asariga sharh berilib, asar mazmun mohiyati toʻlaqonli bayon etildi. "Ityurak" asarini ko'plab o'quvchilar mutolaa qilganligi sababli qiziqarli bahs munozaralarga boy boʻldi. Davra suhbatida 22 nafar o'quvchi yoshlar ishtirok etishdi.



