“Kitoblar orqali Sohibqironni anglaymiz” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Joriy yilning 1-aprel sanasida Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan Do‘stlik tuman ixtisoslashtirilgan maktabi bilan hamkorlikda maktab kutubxonasida “Kitoblar orqali Sohibqironni anglaymiz” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Mazkur tadbirda 9-sinf o‘quvchilari faol ishtirok etdilar. Davra suhbatida maktab kutubxonachisi Gulnoz Raxmonova tomonidan Sohibqiron hayoti va faoliyati, uning buyuk davlat arbobi va sarkarda sifatidagi o‘rni haqida batafsil ma’lumotlar berildi hamda o‘quvchilar bilan qizg‘in fikr almashildi.
Shuningdek, axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Amir Temurning jasorati, amalga oshirgan bunyodkorlik ishlari va boy ma’naviy merosi haqida kengroq tushunchalar berildi. O‘quvchilar esa Sohibqiron haqida o‘qigan va bilgan ma’lumotlarini bayon etib, o‘z fikr-mulohazalari bilan faol qatnashdilar.
Davra suhbati davomida Azamat Qorjoubning “Musofir gudak qismati” asari mazmun-mohiyati ham ishtirokchilarga tanishtirildi.

