“Kitoblar olamiga sayohat” nomli tanishtiruv ekskursiyasi tashkil etildi.
Joriy yilning 9-iyun sanasida Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan kutubxonaga tashrif buyurgan turli yoshdagi kitobxonlar uchun “Kitoblar olamiga sayohat” nomli tanishtiruv ekskursiyasi tashkil etildi.
💸Mazkur sayohatdan ko‘zlangan asosiy maqsad kitobxonlarni kutubxona faoliyati, mavjud adabiyotlar fondi hamda kitobxonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishtirishdan iborat bo‘ldi.
✨Ekskursiya davomida ishtirokchilarga kutubxonaning bo‘limlari, yangi adabiyotlar ko‘rgazmalari va axborot-resurs imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, kitobxonlar kutubxonadagi “Omadli kitobxon” hamda “Faol kitobxonlar” burchaklari bilan tanishtirildi. Ushbu burchaklarda faol kitobxonlarning erishgan yutuqlari, mutolaa jarayonidagi faolligi va kitobxonlik madaniyatini targ‘ib etishga qo‘shayotgan hissasi haqida so‘z yuritildi.

