"Kitoblar - ma'rifat qanotlari" mavzusida qiziqarli tadbir tashkil qilindi.
Joriy yilning 19-fevral sanasida Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 14-umumiy o'rta ta'lim maktabining 3 "V" sinf o'quvchilari ishtirokida "Kitoblar - ma'rifat qanotlari" mavzusida qiziqarli tadbir tashkil qilindi.Tadbirda bolajonlar uchun "Bu qaysi multik qahramoni?", "Matematikani bilasizmi?","Topishmoqlarni topamiz" va ifodali o'qish kabi bir-biridan qiziq o'yinlar tashkil qilindi.Bolajonlar har biri bilimlarini,epchil va chaqqonliklarini namoyish etadigan o'yinlarda faol qatnashdilar va ko'tarinki kayfiyatda o'tkazdilar.Tadbirda 22 nafar o'quvchilar qatnashdi. Kutubxonaga tashrif bolalar uchun maroqli bo`ldi.