"Kitobdagi taassurotlarim" yangi loyihasi targ`ibot qilinmoqda.
Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markaziga tashrif buyurgan kitobxonlarga markaz xodimlari tomonidan "Kitobdagi taassurotlarim" yangi loyihasining mazmun-mohiyati, undan foydalanish tartibi hamda kitobxonlar uchun yaratilgan qulayliklar haqida batafsil ma'lumot va tushuntirishlar berildi. Tadbir davomida loyiha kitobxonlarning mutolaa madaniyatini yuksaltirish, o‘qilgan asarlar yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini erkin bayon etish hamda kitobxonlar o‘rtasida o‘zaro tajriba almashishni rivojlantirishga xizmat qilishi alohida ta'kidlandi.



