"Kitob xazina -kutubxona xazinalar oroli" nomli sayohat tashkil qildi.
Joriy yilning 12-dekabr sanasida Do'stlik tuman axborot-kutubxona markaziga 14-umumiy o'rta ta'lim maktabi o'quvchilari tomonidan "Kitob xazina -kutubxona xazinalar oroli" nomli sayohat tashkil qildi. Sayohat davomida o'quvchilarga kutubxona faoliyati, kitobxonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud imkoniyatlar, kitob fondi, yangi adabiyotlar hamda elektron resuslardan foydalanish tartibi haqida batafsil ma'lumot berildi. Sayohat ishtirokchilarga kitobga qiziqish uyg'otish, ma'naviy dunyoqarashini kengaytirishga hamda kutubxonadan va kitobdan foydalanish ma'daniyatini oshirishga xizmat qildi. Shu bilan birga buyuk qirg'iz adibi Chingiz Aytmatov tavalludi munosabati bilan tashkil qilingan "Adabiyotning buyuk farzandi " nomli ko'rgazma bilan tanishishdi. Sayohatda 12 nafar o'quvchi ishtirok etdi.