"Kitob va tafakkur davrasi" nomli davra suhbati tashkil etildi
Joriy yilning 11-noyabr sanasida Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan INFOLIB haftaligi doirasida "Kitob va tafakkur davrasi" nomli davra suhbati tashkil etildi.Davra suhbati davomida yozuvchi Ulug'bek Hamdamning "Bizdan rozi bo'ling ota" asari sharhlandi. Undagi asosiy g'oya, obrazlar, hayotiy saboqlar hamda asarda ilgari surilgan ma'naviy qadriyatlar keng tahlil qilindi. Tadbir ishtirokchilari o'z fikr mulohazalarini bildirdilar, asar qahramonlari taqdiri muallifning badiiy uslubi haqida qiziqarli suhbat olib borishdi .Davra suhbati o'quvchilarda badiiy asarni tahlil qilish, mustaqil fikrlash , kitobdan hayotiy saboq olish ko'nikmalarini shakllantirish va o'zbek adabiyotiga bo'lgan qiziqishni uyg'otdi. Davra suhbati milliy adabiyotimizga ma'naviy qadriyatlarga bo'lgan hurmat hissini yanada mustahkamladi.Tadbirda 25 nafar o'quvchi yoshlar ishtirok etishdi.


