“Kitob – tafakkur va taraqqiyot manbai” deb nomlangan sayohat tashkil etildi.
Joriy yilning 25-fevral sanasida axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Do‘stlik tumani 2-maktabning yuqori sinf o‘quvchilari tashrif buyurishdi. Ular uchun kutubxona bo‘ylab mazmunli va taassurotlarga boy “Kitob – tafakkur va taraqqiyot manbai” deb nomlangan sayohat tashkil etildi.
Sayohat davomida o‘quvchilarga kutubxona fondi, soha va yo‘nalishlar bo‘yicha adabiyotlar, yangi nashrlar hamda ma’lumot-qidiruv tizimi haqida batafsil tushuntirish berildi. Ayniqsa, elektron o‘quv zali faoliyati, undagi zamonaviy kompyuterlar, internet tarmog‘i orqali foydalaniladigan elektron resurslar va raqamli adabiyotlar o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Shuningdek, o‘quvchilar “Faol kitobxonlar burchagi” bilan tanishib, muntazam mutolaa qilib kelayotgan, turli tanlov va loyihalarda faol ishtirok etayotgan kitobxonlar haqida ma’lumot olishdi. Bu burchak yoshlarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish va rag‘batlantirishda muhim ahamiyat kasb etayotgani ta’kidlandi.
Tashrif davomida kitobning shaxs kamoloti, mustaqil fikrlash va dunyoqarashni kengaytirishdagi o‘rni haqida davra suhbati ham o‘tkazildi. O‘quvchilar o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Mazkur sayohat yoshlarning bilim olishga bo‘lgan intilishini yanada mustahkamlab, ularni kitob bilan do‘st bo‘lishga undadi.



