“Kitob – tafakkur kaliti” nomli yangi adabiyotlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Joriy yilning 20-noyabr kuni “INFOLIB O‘ZBEKISTON–2026” XV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazida “Kitob – tafakkur kaliti” nomli yangi adabiyotlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Ko‘rgazmadan turli mavzulardagi yangi nashrlar, badiiy adabiyotlar, ilmiy-ommabop asarlar hamda ma’naviy-ma’rifiy kitoblar o‘rin oldi.
⚡️Kitob – inson tafakkurini boyituvchi, dunyoqarashini kengaytiruvchi, bilim va ma’rifat sari yetaklovchi bebaho xazinadir. Har bir yangi kitob yangi bilimlar, yangi fikrlar va kashfiyotlar eshigini ochadi.
♻️Ko‘rgazmaning asosiy maqsadi kitobxonlarni yangi adabiyotlar bilan tanishtirish, mutolaa madaniyatini yuksaltirish hamda kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishdan iborat.


