"Kitob sari qadam" nomli ma'rifiy sayohat tashkil etildi.
Joriy yilning 11-iyun sanasida bunyodkor MFY faol yoshlari ishtirokida Doʻstlik tuman Axborot-kutubxona markaziga "Kitob sari qadam" nomli ma'rifiy sayohat tashkil etildi.
✨Sayohat davomida yoshlar kutubxona faoliyati, kitob fondi hamda kitobxonlar uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, ular o‘zlarini qiziqtirgan badiiy, ilmiy-ommabop va tarixiy adabiyotlar haqida ma'lumotlarga ega bo‘ldilar.
🗞Mazkur sayohatdan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda mutolaa orqali bilim va dunyoqarashlarini kengaytirishga ko‘maklashishdan iboratdir.
📖 Kitob — ma'rifat va taraqqiyot sari yetaklovchi eng yaqin hamrohdir!


