Kitob sari ilk qadam – porloq kelajak sari odim! ✨
Kitob sari ilk qadam – porloq kelajak sari odim! ✨
Bugun Do‘stlik tuman Axborot-kutubxona markazi yana yangi kitobxonlar bilan gavjum bo‘ldi. Bilimga chanqoq yoshlar kutubxonaga tashrif buyurib, uning boy kitob fondi, zamonaviy xizmatlari va qulay o‘quv zallari bilan yaqindan tanishdilar.
Kutubxona xodimlari tomonidan ularga kitob mutolaasining inson kamolotidagi o‘rni, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish va ilm olish yo‘lidagi imkoniyatlar haqida ma’lumotlar berildi.
Yangi kitobxonlarning safimizga qo‘shilishi – ma’rifat va kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish yo‘lidagi yana bir muhim qadamdir. Zero, kitob bilan do‘stlashgan yosh – kelajak bunyodkoridir!


