"Kitob - ona va bolani bogʻlovchi nurdir" deb nomlangan davra suhbati oʻtkazildi.
Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan joriy yilning 6-oktyabr sanasida kutubxonamizning eng faol kitobxon onalar va ularning farzandlari ishtirokida "Kitob - ona va bolani bogʻlovchi nurdir" deb nomlangan davra suhbati oʻtkazildi.
"Barkamol avlodni tarbiyalashda bugungi kunning eng muhim vazifasi ularning onalari kitob oʻqishlari va bilimli, oʻqimishli boʻlishlari shart va zarurligidadir.Kitob eng yaxshi doʻst,ishonchli sirdosh va tuganmas bilim manbaidir.Shuning uchun doimo onalar va bolalar birgalikda kitob oʻqib, bir birlari bilan doʻst boʻlishlari ularni bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishlari kerakligi davra qatnashchilariga tushuntirib oʻtildi.Davra soʻnggida kattalar va bolalarga birdek manzur boʻladigan "Gʻiybat" deb nomlangan tarbiyaviy ahamiyatga ega boʻlgan hikoya soʻzlab berildi.Davra suhbati qatnashchilari ham kitob mutolaasi haqida oʻzlarining fikr-mulohazalarini bildirib oʻtishdi. Davra suhbatida 15 nafar kitobxonlar faol ishtirok etdilar.


