"Kitob oʼqish - kelajak poydevori" nomli davra suhbati tashkil etildi.
Joriy yilning 4-dekabr sanasida "Bir asar tarixi" shiori ostida 2-umumiy oʻrta taʼlim maktabining 9-sinf oʻquvchilari ishtirokida "Kitob oʼqish - kelajak poydevori" nomli davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida Odil Yoqubovning "Onaizor" kitobi mazmuni oʻquvchilarga yoritib berildi. Oʻquvchilar ham oʻzlari oʼqigan kitoblari haqida ham fikrlar almashishdi. Davra suhbati soʻngida oʻquvchilarga yangi va zamonaviy kutubxonamiz haqida maʼlumotlar berildi.



